23-mart kuni soat 11:11 da Samarqand shahri “Oqsaroy” MFY Roʻdakiy koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotgan “Jiguli” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida ushbu hududdan oqib oʻtuvchi “Siyobcha” kanaliga tushib ketganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqqan.
Maʼlumotga koʻra, hodisa natijasiga vafot etgan va tan jarohati olganlar yoʻq.