Taʼkidlanishicha, Xorazm viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu holat bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan avvaldan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida 8 nafar shaxs gumonlanuvchi, 3 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.
3 nafar ayblanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida bir qator murakkab ekspertizalar oʻtkazish jarayoni ketmoqda va holatga aloqador shaxslar batafsil soʻroq qilinmoqda.
Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi.
Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati oʻz xabarida.