Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev boshchiligida sektor rahbarlari tegishli masʼullar, tuman hududiga tungi xizmatga tushgan xodimlar, ishtirokida tumanda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tungi vaqtda maqsadsiz yurgan fuqarolar, uyushmagan yoshlar toʻplanadigan obyektlar, ovqatlanish oshxonalari tungi soat 22: 00 dan soʻng manzilli oʻrganildi.

Jumladan, Qoʻshyogʻoch, Shodlik va Madaniyat mahallasidagi 3 ta ovqatlanish oshxonalari, spirtli ichimlik sotuvchi doʻkonlar tekshirilib, u yerdagi fuqarolar va yoshlar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Jamiyatda yurish qoidalarini buzib, jamoat joyda spirtli ichimlik isteʼmol qilgan fuqarolarga va tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, isteʼmol qilayotgan obyekt egalariga maʼmuriy tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shubhali koʻringan fuqarolar eng yaqin MTPlarga olib borilib shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida ABD bazasidan tekshirildi.