Buxoro shahar hokimi maslahatchisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Maʼrifat Umarova hamda shahar Ichki ishlar organlari va prokrotura tizimi masʼul xodimlari tomonidan “Media park” savdo majmuasi artofida sodir etilgan jinoyat sohabay muhokama qilindi.
Bunda, ushbu savdo markazi sotuvchilari va tadbirkorlar, mahalla faollari, masʼullar ishtirok etdi.
Tijorat sohasi vakillari hamda hudud aholisiga virtual firibgarlik jinoyatining qurboniga aylanib qolmaslik, turli aldov yoʻllari orqali mobil aloqa vositalariga kelayotgan sms xabarlarga ishonib, shaxsiy plastik karta maxfiy kodi va xos raqamini hech kimga bermaslik tushuntirildi.
Hudud mahallalarida aholi, ayniqsa xotin-qizlar orasida jinoyatchilik, virtual oʻgʻirlik va firibgarlik holatlari oldini olish borasida aniq misollar orqali tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazilib, ogohlikka chaqirildi.