Turku universitetining fin olimlari va Shvetsiyadagi Karolinsk institutidagi hamkasblari jismoniy faollik saraton kasalligi xavfini kamaytirishi va uni davolash samaradorligini, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashini aniqladi.

Tadqiqotda yaqinda sut bezlarida limfoma va neoplazma tashxisi qo'yilgan 28 bemorning ma'lumotlarini o'rganib chiqildi. Birinchi guruhning yoshi 20 yoshdan 69 yoshgacha, ikkinchisi esa 37 yoshdan 73 yoshgacha bo'lgan. Barcha subyektlardan o'n daqiqa velosiped haydash so'raldi. Mashqdan oldin ulardan bir marta va undan keyin esa ikki marta qon namunalari olindi.

Ma'lum bo'lishicha, limfoma bilan og'rigan bemorlarning qon oqimida jismoniy mashqlar paytida sitotoksik T-hujayralar va NK-hujayralari soni ko'paygan. Ko'krak bezi saratoni bilan og'rigan bemorlarda jismoniy mashqlar leykotsitlar, oraliq monositlarning umumiy sonini oshirdi. Shu bilan birga, ko'rsatkichlardagi o'zgarishlar tezda o'tib ketdi.

Bundan tashqari, jismoniy faoliyatning intensivligi va ikkala guruhdagi immunitet hujayralari soni o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashga erishildi. Shunday qilib, yurak qisqarish chastotasi va qon bosimi qanchalik yuqori bo'lsa, shuncha ko'p immunitet hujayralari qon oqimiga tushib boradi.

Olimlarning xulosasiga ko'ra, o'n daqiqaga yaqin davom etadigan yengil va o'rtacha intensivlikdagi mashqlar saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun zarur bo'lgan immunitet hujayralari sonining ko'payishiga olib keldi, deyiladi lenta.ru saytida.