Bugungi kun holatiga 657 ming nafar oʻquvchilar sport sinovlarini topshirish istagini bildirib my.sport.uz elektron platformasida ariza qoldirgan.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari gʻoliblariga quyidagi imtiyozlar berish koʻzda tutilgan:

  • Yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi;
  • gʻolib va sovrindorlar (1, 2 va 3-oʻrin) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;
  • gʻoliblarga (1-oʻrin) umumiy foydalanishdagi davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno);
  • gʻolib va sovrindorlarga (1, 2 va 3-oʻrin) ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etiladi;
  • gʻolib va sovrindorlarga (1, 2 va 3-oʻrin) respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (oliy taʼlim muassasalari sport yoʻnalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashgʻulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashgʻulotlardan ozod qilinishi) beriladi.

Kecha “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish uchun start berildi.

Tadbirda Sport vaziri A.Ikramov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari F.Boqiyev, Sport vaziri oʻrinbosari D.Raximova, sport va taʼlim sohasi mutasaddilari hamda sport sinovlarini topshirish istagini bildirgan 657 ming nafar 7-18 yoshdagi oʻquvchilar ishtirok etdi. Rasmiy ochilish marosimi respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)laridagi ishtirokchilar bilan onlayn bogʻlangan holda tashkil etildi.

Rasmiy ochilish marosimi respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)laridagi ishtirokchilar bilan onlayn bogʻlangan holda tashkil etildi.