Buxoro viloyati Qorakoʻl tuman Xalq qabulxonasi sektor rahbarlari hamda hududlarga saylangan deputatlar bilan hamkorlikda tumandagi chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etdi.
Xususan 2021-yilning 9 oy davomida sektor rahbarlari Xalq qabulxonasi tomonidan tashkil qilingan rejaga asosan hududlarda jami 141 marotaba sayyor qabullar oʻtkazib, ularda 710 ta murojaatlar qabul qildi. Qabul qilingan murojaatlarning 467 tasi 65% ijobiy hal etilib, 200 tasiga asosli tushuntirishlar berildi.
Mazkur qabullar jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal qilingan sohalar kesimida qaraydigan boʻlsak, 189 tasi kredit olish masalasida, 64 tasi moddiy yordam, 37 tasi ish bilan taʼminlash, 30 tasi Gaz, elektr, ichimlik suv taʼminoti, 19 tasi sogʻliqni saqlash, 19 tasi yoʻl qurilish kabi masalalarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari sektor rahbarlari tomonidan 2021-yil 9 oy davomida jami 191 marotaba yoshlar bilan ommaviy va sayyor qabullar oʻtkazilib sayyor qabullar uchrashuvlar jarayonida yoshlar tomonidan qabul qilingan 755 ta muammoli masalalardan 613 tasi qanoatlantirilib, 33 ta murojaatlarga tushuntirishlar berildi.
Yuqoridagi amalga oshirilgan ishlardan eng asosiy koʻzlangan maqsad — odamlarning ogʻirini yengil qilib, ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashdir.
Sh.Bexbutov,
Buxoro viloyati Qorakoʻl tuman
Xalq qabulxonasi mutaxassisi.