“Jizzax auto” AJ Sogʻliqni saqlash vazirligiga yana 108 ta beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasini topshirdi, hozirgacha rejalashtirilgan jami 1000 dona avtomobildan 700 tasi yetkazilgan.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining imtiyozli kreditlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Tez tibbiy yordam mashinalarining avtomobil tibbiy salonida shovqin va tebranish izolyatsiyasi, bemorni namlantiruvchi kislorod bilan taʼminlash tizimi, dastakli infuzion tizim, bemorni tashish uchun koʻp funksiyali nosilkalar hamda konditsioner tizimining mavjudligi harakatlanish paytida avtomobil ichida tezkor tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatini beradi.