SHu munosabat bilan hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida yo'llanma asosida shahar hokimi A.SHukurov topshirig'i bilan hokimlik xodimlari covid-19 testidan o'tkazildi.

O'tkazilgan test natijalariga ko'ra Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infektsiyasi aniqlanmadi. Ammo “Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo'limining 1 nafar xodimida covid-19 infektsiyasi aniqlanganligi sababli “Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo'limi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi.

Ayni paytda hokimlik xodimlari o'z ishlarini masofadan turib davom ettirishmoqda.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati