Qarorga koʻra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027-yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

  • yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik oʻrtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga oʻsishini taʼminlash;
  • 2026-yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambagʻallik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, Gʻallaorol, Doʻstlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.

Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bogʻdorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bogʻ va tokzorlarni yangilash belgilandi.

Sharof Rashidov, Doʻstlik, Gʻallaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani oʻz faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi.

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani oʻrtasidagi 40 gektar boʻsh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta koʻp qavatli uylarni qurish belgilandi.