Shu bois, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.
Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil boʻlgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-meʼyoriy huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Hukumat komissiyasi bugundan oʻz ishini boshlagan.