Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi

    Ta'lim 30 Iyun 2021 3657

    Hukumat qarori (401-son, 29.06.2021-y.) bilan Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi

    “Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan biridir.

    Universitetda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

    Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari Universitet tomonidan belgilanadi.

    Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Hindistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

    Qarorga koʻra, Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini oʻqitish uchun imtiyozli taʼlim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5 foizini bepul oʻqitish, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladi.