Ta'kidlanganidek, hududlarda amalga oirilayotgan birlamchi tibbiy yordam xizmati sifatini yaxshilash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Mazkur vazifani amalga oshirish maqsadida viloyatdagi mavjud oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda to'g'ridan-to'g'ri markazga uzatiluvchi EKG moslamalari o'rnatiladi.

Mavjud tibbiy brigadalari qonda qand miqdorida ekspress usulda aniqlash uchun glyukometr tibbiy jihozi va test tayoqchasi bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda to'liq ta'minlanadi.

Sharof Rashidov, Zomin va Do'stlik tumanlarida tumanlararo 30 o'rinli endokrinologiya bo'limlari, G'allaorol, Do'stlik va Zomin tumanlari tibbiyot birlashmalari negizida tumanlararo qo'shma shikastlanishlar va o'tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi.

Viloyat markazidan 70 km uzoqlikdagi Forish (katta yoshli aholi soni 57 ming nafar), Baxmal (99 ming nafar axoli), Arnasoy (18,2 ming nafar) va Mirzacho'l (32 ming nafar) tumanlari tibbiyot birlashmalarida 20 o'rinli kardiologiya bo'limlari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Jizzax shahrida “Tibbiyot klasteri” tashkil etiladi. Endokrin kasalliklarni kamaytirish bo'yicha viloyatda 40 ta va tumanlarda 17 ta xizmat turlari yo'lga qo'yiladi. 40 yoshdan oshgan 625 ming nafar viloyat aholisi skrining tekshiruvidan o'tkaziladi.

Shahzod G'afforov,

“Yangi O'zbekiston” muxbiri