Jizzax va Samarqandda CBT-turizmining salohiyati o‘rganildi

    O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlari assotsatsiyasi (XTTA) va milliy PR-markazi vakillaridan iborat ishchi guruh Jizzax va Samarqand viloyatlariga oilaviy mehmon uylarining turistik salohiyatini o‘rganish hamda OAV va sayyohlik tashkilotlari vakillari uchun press-tur dasturi tuzish maqsadida tashrif buyurdilar.

    Ishchi guruhning tashrifi USAIDning “Future Growth Initiative (FGI)” tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi doirasida tashkil etildi.

    CBT (Community based tourism) – jamiyatchilikga asoslangan ushbu turizm turi, mahalliy hamjamiyat vakillarini jalb qilish va ular faoliyat davomida foyda olishni nazarda tutadi. Bugungi kunda Oʼzbekistonda SBT turizmning salohiyati mintaqa va mahalliy jamoalarning madaniy-milliy xususiyatlari bilan uzviy bogʼliqdir. Yaqinda SBT sayyohlari sonining koʼpayishi kuzatilmoqda. Unga koʼra, oilaviy mehmon uylari soni ham ortib borishi kutilyapti.

    Zomin tumaniga tashrif doirasida ishchi guruh tomonidan tashkil yetilgan “Mehmon uylarining samarali faoliyatini tashkil etish" boʼyicha seminar-treninglarning faol ishtirokchilari uchun tegishli mehmon uylariga tashrif tashkil etildi.

    Mintaqa salohiyatini oʼrganish natijalariga koʼra, Zomin tumanida 80 ta mehmon uyi ochilgan boʼlib, ular turistlarga dam olish mobaynida qoʼshimcha xizmat turlarini koʼrsatish boʼyicha qulayliklarni – milliy taomlar, amaliy sanʼati mahsulotlarini tayyorlash, diqqatga sazovor joylarga borib, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyatini namoyish etish boʼyicha master-klasslar taklif qilishi mumkin.

    Ishchi guruh mehmon uylarida yashash sharoitlari bilan tanishib, oilaviy mehmon uyi ochish boʼyicha mahalliy tadbirkorlarning salohiyatini oʼrganib chiqdi. Tashrif davomida Zomin tumani tabiiy obʼektlari boʼyicha axborot turlarining dasturlari va yoʼnalishlari ishlab chiqildi.

    Shuningdek, ishchi guruh Samarqand viloyatining Konigil va Tersak turistik qishloqlari, ulardagi mehmon uylarining turistik imkoniyatlari bilan ham tanishdi.

    Konigil turistik qishlogʼi – Samarqanddan 13 km masofada joylashgan kichik aholi punkti. Qishloq noyob hunarmandchilik anʼanalari, toza tabiat, Siyob daryosining yonida joylashgan soyali daraxtlari bilan mashhur hududdir. Bugungi kunda ushbu goʼshaning asosiy diqqatga sazovor joyi – qogʼoz ishlab chiqaradigan “Meros” zavodi hisoblanadi. Bu yerda yangi sayyohlik yoʼnalishlari, hunarmandchilik markazlari va oilaviy mehmon uylari barpo etilgan.

    Majmua hududida nonvoyxonalarda non tayyorlanadi, unda mehmonlar uchun Samarqand nonini tayyorlash boʼyicha mahorat darslari oʼtkaziladi. Shuningdek, bu yerda mahalliy anʼanalarni aks ettiruvchi animatsion markazlar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Qishloq aholisi oʼzlarining yerlariga xos boʼlgan naqshlar bilan bezatilgan, turli xil esdalik sovgʼalari tayyorlashadi.

    Samarqand qogʼozini tayyorlash jarayonini bevosita koʼrish uchun hududdagi zavodga ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Bu yerda siz koʼrkam hududda yurishingiz, suv gʼildiragi – charxpalakni koʼrishingiz, daryo yaqinidagi anʼanaviy choyxonada oʼtirishingiz, Samarqand oshini va mahalliy mevalarni sinab koʼrishingiz mumkin.

    Tersak qishlogʼi Samarqand janubida, shahardan 45 km masofada, Zarafshon togʼi etagida, dengiz sathidan 1100 metr balandlikda joylashgan.

    Bu yerda siz yaqinda ochilgan oilaviy mehmon uylarida qolishingiz mumkin. Qizigʼi shundaki, aholining aksariyati ingliz va frantsuz tillarida erkin soʼzlashadi.

    Mazkur loyiha Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va Sport vazirligi koʼmagida amalga oshirilmoqda.