Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
"Yutuq — dehqon va fermerlar, mexanizatorlar, irrigatorlar hamda barcha soha mutaxassislarining fidokorona mehnati samarasidir", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, viloyatda 67 ming gektarda gʻoʻza parvarish qilinib, samarali agrotexnologiyalar joriy etildi. Ayrim xoʻjaliklarda hosildorlik gektariga 90 sentnergacha yetdi.
Paxta terimida 300 ga yaqin zamonaviy texnika ishtirok etdi.
Suv taʼminotini yaxshilash maqsadida 66 kilometr kanal tozalandi, 27 ming gektar maydon suv bilan taʼminlandi.








