U JKning 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi va 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda BHMning 500 baravari miqdorida yaʼni, 111 mln 500 ming soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyati sudida:

Akbar Rahmonqulov (1972-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “J-Quruvchi” MCHJ direktori) 100 350 000 soʻm jarima;

Alisher Rahmonqulov (1982-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “Ravon Yoʻl Invest” MCHJ, “Sogdiana pipeplast” MCHJ va “Jizzax savdo lyuks” MCHJlar direktori) 100 350 000 soʻm jarima;

Gʻ. Rahmatov (1963-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, Jizzax viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan) 89 200 000 soʻm jarima;

B. Meliyev (1963-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, Jizzax viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi direktori lavozimida ishlagan) 89 200 000 soʻm jarima;

J. Hamrayev (1976-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “Qurilish taʼminoti” xususiy korxonasi direktori boʻlib ishlagan) 100 350 000 soʻm jarima;

Sh. Baxriddinov (1990-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “Kamol” XK, “Zenatkor fabrikasi mebellari” MCHJlar rahbari, “Qurilish taʼminoti” XK taʼsischisi va norasmiy rahbari) 100 350 000 soʻm jarima;

I. Toshpoʻlatov (1982-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “Abduvohid qurilish taʼmir” MCHJ taʼsischisi va direktori) 100 350 000 soʻm jarima;

Sh. Azimov (1977-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, Jizzax viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan) 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 89 200 000 soʻm jarima;

A. Meliboyev (1993-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “ARMO STROY” MCHJ rahbari) 100 350 000 soʻm jarima;

Q. Muqumov (1974-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, “Toza suv inshoot” MCHJ direktori) 78 050 000 soʻm jarima;

M. Sultanov (1972-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan) 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 78 050 000 soʻm jarima va boshqa shaxslarga tegishli jarima jazosi tayinlandi.