Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi tomonidan 2024-yil 14-fevralda Jizzax viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

    Oʻtgan besh yilda Jizzax viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi 47,6 foizdan 70,4 foizga, kanalizatsiya qamrovi 15 foizdan 21,1 foizga yetkazildi.

    Shuningdek, kelgusi besh yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi 70,4 foizdan 90 foizga, kanalizatsiya qamrovi 15,5 foizdan 71,2 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 402,1 milliard soʻm evaziga, 878,3 kilometr ichimlik suvi va 461 kilometr kanalizatsiya tarmogʻi, shuningdek, 167 ta suv va 30 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

    Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq toʻlovlari, xorijiy kreditlar toʻlovi amalga oshirilgan boʻlib, joriy va kapital taʼmirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi tomonidan 2024-yil 14-fevralda Jizzax viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

    Unga koʻra 2024-yilning 1-mart sanasidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qoʻllaniladi:

    Ichimlik suvi:

    a) aholi uchun –1 m3 – 4 000 soʻm;
    b) budjet tashkilotlari uchun - 1 m3 - 6 000 soʻm;
    v) ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1 m3 - 6 000 soʻm;

    Oqova suv xizmati:

    a) aholi uchun – 1 m3 – 1 700 soʻm;
    b) budjet tashkilotlari uchun - 1 m3 – 2 500 soʻm;
    v) ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1 m3 – 2 500 soʻm.