Qarorga koʻra, Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida quyidagi lavozimlar kiritiladi:
- hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
- hokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2026-yildan yangi kiritilayotgan viloyat hokimi oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:
- ularga KPI koʻrsatkichlarini belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha strategik koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlar koʻzda tutiladi;
- KPI koʻrsatkichlari tasniflanadi (strategik, hudud va tuman), ularning oʻzaro mutanosibligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi;
- ularning KPI koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi.