Jizzax viloyatida yuqori kuchlanishli birinchi raqamli podstansiya qurilyapti

    Energetika 7 Fevral 2023 1724

    Sirdaryo va Jizzax viloyatlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli birinchi raqamli podstansiya va elektr uzatish tarmogʻi qurilyapti.

    “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin, Yangiyer, Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli birinchi raqamli yangi “Zafarobod” podstansiyasi qurilyapti.

    Shuningdek, mazkur podstansiya uchun uzunligi 144 kilometr boʻlgan 220 k/Vatli elektr uzatish tarmogʻi ham qurilyapti. Bugungi kunda qurilish ishlari 42 foizga bajarildi.

    Mazkur yirik loyiha Prezidentimizning 2022-yil 28-dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshirilyapti, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.