Jizzax viloyatining tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda

    Energetika 30 Mart 2021 1456

    Zarbdor tumani hududida joylashgan «DNS-2» podstansiyasi quvvatini oshirish ishlari olib borilyapti.

    Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Yangiobod, Sharof Rashidov tumanlari hamda «Jizzax EIZ» hududida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilyapti.

    Jumladan, «Zomin sement», «Zomin tekstil», va «Jizzax konteks» MChJlari, «Zomin farm», Temir-beton maxsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, Zarbdor tumani hududida 2 ta tekstil korxonasi, issiqxonalar, yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Yangiobod tumani hududida yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Sharof Rashidov tumani hududida «Jizzax EIZ» filiali, kabi yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilyapti.

    Shunga ko‘ra, mazkur hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari va aholi iste'molchilarining elektr ta'minotini yanada yaxilash maqsadida Zarbdor tumani hududida joylashgan 110 kVli «DNS-2» podstansiyasini 220 kV podstansiyasiga o‘zgartirish ishlari olib borilyapti.

    Ushbu ishlarni amalga oshirish natijada qo‘shimcha ravishda 150 MVt quvvat yaratiladi. Natijada, mazkur hududlar iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga erishiladi.

    Ma’lumot uchun: Ushbu yirik loyiha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning o‘z mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti, deb xabar beradi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati.