Holat Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan mazkur tadbirkorlik subyektiga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2024-yil 26-yanvar kuni 03/17-6-sonli, 30-yanvar kuni 03/17-9-sonli va 29-mart kuni 01/17-24-sonli ogohlantirish xatlari berilganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, MCHJ rahbari N.S.ga nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 197 prim 6-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy bayonnoma tuzilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudiga yuborilgan.

Sudning 3-1310-2401/36-sonli qaroriga asosan korxona rahbariga BHMning 3 barobari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.