Jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat jabrlanuvchi mijoz boʻlgan bankning chakana xizmatlar boʻlimi boshligʻi, Jizzax shahrining Uchariq mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir qilingani aniqlandi.

Shuningdek, ayblanuvchi yana 10 nafar fuqaroning pulini oʻmargan. jabrlanuvchilarga jami 133 million 629 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.