Jizzaxda bola hojatxona chuquriga tushib ketdi

    U yonida boʻlgan mobil telefoni orqali “112” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilgan.

    Jizzaxda FVV qutqaruvchilari tomonidan inson hayoti saqlab qolindi. deya xabar berdi FVB axborot xizmati.

    Xabarda aytilishicha, kecha, 4-sentyabr kuni soat 16:07 da Baxmal tumani, “Qutlugʻobod” MFY Yoʻldoshboy qishlogʻida yashovchi fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketdi.

    Oʻsha vaqtda bolaning yonida hech kim boʻlmagan. U yonida boʻlgan mobil telefoni orqali “112” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilgan.

    Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Baxmal tumani FVB qutqaruvchilari tezkorlik bilan bolani hojatxona chuquridan xavfsiz olib chiqishdi.

    Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.