Jizzaxda “Cobalt” opa-singillarni urib ketdi

    Ularning biri 13 yana biri esa 4 yashar boʻlgan.

    Viloyat YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea shu yilning 18-noyabr kuni soat 19:30 larda Baxmal tumani hududidan oʻtgan “Gʻallaorol-Baxmal-Supa-Zomin” 4R-41 yoʻlining 29 km.da sodir boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, Baxmal tumani “Qutlugʻobod“ MFY Kaltatoy qishlogʻida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan A.O “Cobalt” rusumli, avtoulovini Oʻsmat yoʻnalishi boʻyicha boshqarib kelayotib, yoʻlning belgilangan joyidan kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan piyodalar, Oʻsmat SHFYda yashagan, 2011-yilda tugʻilgan I. M va uning singlisi, 2020-yilda tugʻilgan I.K larni urib yuborib ketgan.

    Yoʻl-transport hodisachi oqibatda opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

    Haydovchi shu kunning oʻzida Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchi O.Aga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi va 117-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib ushlangan va vaqtincha saqlash uchun hibsxonaga joylashtirilgan.

    Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.