Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 9-aprel kuni soat 07:28 da Jizzax viloyati FVBga “112” qisqa raqami orqali Jizzax shahar “Oʻratepalik“ MFY hududidan oqib oʻtuvchi ariqqa haydovchi boshqaruvni yoʻqotish natijasida “Damas” rusumli avtomobil tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va avtotransport vositasi suvdan chiqarib olingan.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan.