Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Gʻallaorol tumanida joylashgan “B. F. E.” xususiy korxonasiga qarashli kompyuter oʻyinlari shoxobchasida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 184,1 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.