Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro S.Sh. oilaviy nizo ortidan 2 nafar farzandiga jismoniy zoʻravonlik koʻrsatgan. Holat Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili va mutasaddilar tomonidan oʻrganilmoqda.
Xususan, otaga nisbatan qatʼiy chora koʻrilishi hamda bolalarning xavfsiz muhitga olinishi, ularga zarur psixologik, ijtimoiy koʻmak koʻrsatilishi boʻyicha IIO va Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy Inson markazi mutaxassislari tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda.
“Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻz kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qoʻshimcha tarzda axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham munosabat bildirdi.
Agentlik hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan bolalarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash, ularga zarur ijtimoiy va psixologik yordam koʻrsatish yuzasidan ish olib borilayotganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, vaziyatga huquqiy baho berish va javobgarlik masalasini koʻrib chiqish boʻyicha ham choralar koʻrilmoqda.








