Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sharof Rashidovtumangaz” boʻlimiga qarashli gazchilar J.A. va Gʻ.X. oʻzaro til biriktirgan holda fuqaro D.I.ni aldagani aniqlangan.

Ular goʻyoki xonadondagi tabiiy gaz hisoblagichi nosoz ekanini aytib, 10 million soʻm evaziga dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni vaʼda qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchilar muqaddam 5 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Tezkor tadbir davomida ular tomonidan olingan 5 million soʻm pulning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.