Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqarolar T.J. va B.D. dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan qoʻlga olindi. Shundan soʻng, ularga tegishli “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, uning ichida xech qanday hujjatlari boʻlmagan 150 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 594 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 400 dona “Tramadol” nomli giyohvandlik vositasiga oʻxshash dori vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi.