Jizzaxda Kia Sonet avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi

    Jizzaxda narxi 200 mln soʻm boʻlishi kutilayotgan Kia Sonet avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi.

    Bu toʻliq texnologik sikldan foydalangan holda Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan birinchi Kia modelidir – bu yerda payvandlash ishlari ham, kuzovni boʻyash ham amalga oshiriladi.

    1,5 dvigatelli Kia Sonet narxi taxminan 200 million soʻmni tashkil qiladi.

    Jizzax Kia zavodi mashinaga 5-yil yoki 150 ming kilometr kafolat beradi.

    Aniq narxlar va konfiguratsiyalar aprel oyida eʼlon qilinadi.