2018-yil 30-31-mart kunlari Prezidentimiz Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida ushbu markazni 100 oʻringa aylantirib, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialining tashkil etish boʻyicha taklifini berdi.
Natijada, ikki qavatli kardiologiya markazi uch qavatga aylantirildi, koʻrkam va zamonaviy bino qad rostladi. Filial hozirgacha qariyb 14 milliard soʻmlik tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi.
Filialda bemorlarning statsionar davolanishi va diagnostikasi uchun barcha sharoitlar mavjud. Shoshilinch holatlarda bemorlarga zudlik bilan tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida filialda 6 oʻrinli kardioreanimatsiya boʻlimi faoliyat koʻrsatyapti. Barcha yurak, qon-tomir xastaliklariga chalingan bemorlar endi ushbu markazda davolanadilar, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumoti asosida