Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahar Davlat soliq inspeksiyasining davlat soliq katta inspektori A.X. “M.N.” MCHJ rahbari M.ning ishonchiga kirib, bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali 200 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berish evaziga 600 AQSH dollari va oʻzi uchun qaytarib berish sharti bilan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.