баннер
27 Apr 2025
15:46

    Jizzaxda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

    “Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Jizzax shahrida qariyb 500 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahri “A.Navoiy” MFYda joylashgan “V.” tashkiloti binosida gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 247,7 million soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

    Bu kabi holat Jizzax shahridagi “Olmazor” MFY binosida ham kuzatilib, gaz tarmogʻiga hisoblagichsiz toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, 198,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

    Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech