Jizzaxda tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan korxona aniqlandi

    Ushbu korxona 3 mlrddan ziyod tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan.

    “Hududgaz Jizzax“ gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Tumanning “Koʻkbuloq“ MFYda joylashgan “F. T. M.“ MCHJga qarashli hudud xatlovdan oʻtkazilganda, isteʼmolchi elektron gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻani oʻzboshimchalik bilan olib tashlab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

    Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 2 milliard 46 million soʻmlik zarar aniqlandi. Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.