Jizzaxda uchta kompaniya 277 mln dollarlik avtomobil ishlab chiqaradi

    Sanoat 24 Fevral 2021 655

    2021−2022-yillarda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida avtomobil sohasida 277 mln dollarlik uchta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Birinchi bosqichda ADM Jizzakh tomonidan yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 700 mlrd soʻm, ishlab chiqarish quvvati — 100 ta avtomobilni tashkil etadi.

    Ikkinchi bosqichda Jizzax avtomobil zavodi tomonidan Volkswagen tijoriy avtomobillari ishlab chiqariladi. Loyihaviy quvvati yiliga 20 mingta avtomobilni, sarmoya hajmi — 1,44 trln soʻmni tashkil etadi.

    Uchinchi bosqichda esa Auto Motors Asia tomonidan tijoriy va yuk avtolarini ishlab chiqarish moʻljallanmoqda. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 27 mingta avtomobilni tashkil etib, 174,7 mlrd soʻm miqdorida sarmoya kiritiladi.