B.X.ismli fuqaro o'zi boshqaruvida bo'lgan “Damas” rusumli avtotransport vositasida o'z xonadonidan hosil bo'lgan maishiy chiqindilarni chiqindi poligoniga emas, balki belgilanmagan joyga, ya'ni Sangzor daryosi bo'yiga tashlagani uchun fuqaroga MJtKning 91-prim 1-moddasi 3-qismiga asosan BHMning besh baravari, ya'ni 1 500 000 so'm miqdorida jarima belgilandi. Noqonuniy tashlangan chiqindilar huquqbuzar fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, ushbu holat takrorlanmasligi, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish hamda chiqindilarni faqatgina belgilangan joylarga tashlash yuzasidan davlat inspektori tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.