Maʼlum boʻlishicha, Xalqaro armiya oʻyinlarining mamlakatimiz hududidagi musobaqasida Oʻzbekiston, Xitoy, Rossiya, Belarus, Vyetnam, Myanma, Falastin va Tojikiston vakillaridan iborat jamoalar qatnashmoqda.   

Ushbu jamoalar ikki yoʻnalish “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” bellashuvlarida oʻzaro kuch sinashishadi.

Eslatib oʻtamiz: Xalqaro armiya oʻyinlari musobaqalarida Oʻzbekiston harbiylari muntazam ravishda faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Maʼlumot uchun:   22-avgustdan 5-sentyabrgacha 11 davlat hududida oʻtkaziladigan “ArMI-2021” Xalqaro armiya oʻyinlarida dunyoning 43 davlatidan 295 ta jamoa ishtirok etadi.

Xudoyberdi KARIMOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri