Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

“Zomin” turistik-rekreasion zonasi;
“Zomin” turistik-rekreasion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
Turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi.

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.