Holat yuzasidan zudlik bilan Navoiy shahar FVB yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:10 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida yongʻin soat 22:30 da qurshab olinib, 1-fevral kuni soat 07:05 da toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga 13 maxsus texnika hamda yongʻin-qutqaruv ekipajlari, “Tinchlik” yongʻin oʻchirish poyezdi jalb etilgan.

Ushbu holatda vafot etgan va jarohat olganlar yoʻq.

Yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Ayni vaqtda vaziyat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.