Jizzaxda yuk mashinasi temiryoʻl koʻprigining bir qismini shikastladi

    Transport 24 Noyabr 2023 470

    Jizzax shahri va Zomin tumani oʻrtasida, “Jizzax – Sayxun” uchastkasining 3597-kilometrida joylashgan temir yoʻl koʻprigiga uning ostidan oʻtayotgan “HOWO” markali yuk mashinasi tomonidan shikast yetkazildi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Ayni paytda vaziyatni oʻrganish va hal qilish uchun maxsus xizmatlar va masʼul shaxslar voqea joyiga yuborilgan. Xavfsizlik va tiklash ishlari uchun esa ushbu temir yoʻl koʻprigi bir muddat yopildi.

    Hozirgi vaqtda barcha tiklash-taʼmirlash ishlari yakunlanib, poyezdlar ushbu yoʻnalishda oʻz harakatlarini tiklagan.

    “Barcha yoʻl harakati qatnashchilarini, ayniqsa, temir yoʻl koʻpriklari va oʻtish joylari yaqinida bunday hodisalarning oldini olish uchun qoidalar va cheklovlarga rioya qilishi lozim” deyiladi xabarda.