Bu haqda FVV axborot xizmati maʼlum qildi.

Sharof Rashidov tumani “U.Xatamov” MFY hududida harakatlanib ketayotgan “CHAKMAN” rusumli yuk avtomobili Jizzax-2 Chamanzor temir yoʻl bekatlar oraligʻining 3550 km.da harakatlanib ketayotgan “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJga qarashli teplovozining yoʻliga chiqib ketishi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Taʼkidlanishicha, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchilik qismiga bu haqdagi maʼlumot 20-oktyabr kuni kech soat 00:25 da kelib tushdi.

Darhol voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilar boʻlinmasi yuborildi. Yoʻl-transport hodisasi natijasida teplovoz oʻz izidan chiqib ketib harakatdan toʻxtagan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobili xaydovchisi tan jarohati olgan, unga joyida zaruriy tibbiy yordam koʻrsatilib, RSHTYIM Jizzax filiali jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.