Unda haqiqatan qizning otasi yigitlarni do'pposlaganini ko'rish mumkin. Ushbu holatlar sinfxonadagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Holat bo'yicha Jizzax viloyat IIB rasmiy ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, shahardagi 11-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida roʻy bergan va jabrlangan oʻquvchining onasi holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Shu asosida oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi oʻquvchiga sogʻligining buzilishiga olib kelgan tan jarohati yetkazilganligini tasdiqlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.M ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109- moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun: 109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish.

7,5 dan 15 mln so’mgacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.