Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I uchrashuv yakunlari bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Van I ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi muzokaralar “juda yaxshi” o'tganini va “keng qamrovli va chuqur” bo'lganini ta'kidladi.

“O'zaro uchrashuv chog'ida ikki davlat rahbarlari bir-birini to'g'ri tushunish, muloqot va hamkorlikni rivojlantirish kabi eng dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar”, — dedi Xitoy Tashqi ishlar vaziri.

Unga ko'ra, tomonlar Falastin-Isroil mojarosi, Ukraina inqirozi, iqlim o'zgarishi, sun'iy intellekt kabi xalqaro masalalarni har tomonlama muhokama qilishdi, deb xabar beradi ria.ru.