Frantsiya prezidenti matbuot xizmati xabariga tayanib RIA Novosti tarqatgan axborotda aytilishicha,  emmanuel` Makron AQSH va Rossiya  rahbarlariga ko'hna qit'ada xavfsizlik va strategik barqarorlikni ta'minlash uchun Evropada uchrashib, gaplashib olishni  taklif etgan.  

Ikki davlat prezidentlari Makronning bu tashabbusiga rozilik bildirgan.  Frantsiya etakchisi keyinroq barcha manfaatdor tomonlar bilan ham uchrashuv o'tkazishni taklif qilgan.

AQSH prezidenti adminstratsiyasi Bayden  Putin bilan uchrashishga rozi ekanligini tasdiqladi.