"JobFest 2022" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi talabalar uchun yana bir imkoniyat

    Toshkent shahridagi Inha universitetida "JobFest 2022" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi bo'lib o'tdi.

    Mazkur yarmarkani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, Oʻzbekiston va xorijning eng ilgʻor tashkilotlarini, shuningdek, IT yoʻnalishlari mavjud boʻlgan barcha oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilari va talabalarini bir joyda toʻplashdan iboratdir. Yarmarkada poytaxtimizdagi turli Oliy oʻquv yurtlarining 600 nafardan ortiq talabalari va Oʻzbekistonning 50 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

    “JobFest 2022” boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida EPAM, OKMK, Oʻzbekneftgaz, Oʻzbektelekom, AKFA group, Huawei, Vivo, Express 24, Check Point Software Technologies, New Max Tech, Oʻzbekistonning yetakchi Oliy taʼlim muassasalari, banklar va boshqa koʻplab tashkilotlar vakillari ishtirok etib, universitetning talaba va bitiruvchilariga axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha turli xildagi lavozimli ishlarni taklif qildilar.

    “JobFest 2022” boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi doirasida workshoplar boʻlib oʻtdi. Unda turli xildagi nufuzli kompaniyalar vakillari tomonidan seminarlar oʻtkazilib, taqdimotli chiqishlar namoyish qilindi. Jumladan, “Pavel Lebedev Itransition” kompaniyasining bosh muhandisi “Texnik suhbatdan qanday oʻtish kerak?” mavzusida seminar, Epam kompaniyasidan “Ruslan Salixov Senior Systems Engineer kompaniyasi DevOps va u nima bilan shugʻullanadi?" mavzusida taqdimot oʻtkazdilar.

    Habibullin Javdat “Wireless Network Design Engineer Huawei“ kompaniyasidan “Road to Mobile 2030” mavzusida, Javlon Nurmatov “IT & Cloud product manager “Building Data Infrastructure for the Intelligent World” mavzusida soʻzga chiqdi.

    Bundan tashqari, Mixail Popov, Warships World of Tech Team lead loyiha ijrochisi “GameDevda ishlash bir orzu haqiqatga aylanganda” mavzusida maʼruza qildi. Anna Posazhennikova HR direktori Lesta “Bad Advice: GameDev ga qanday qoʻshilish mumkin” mavzusidagi taqdimotli chiqishi workshopni yakunladi.

    Maʼruzachilarning taqdimotlari talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Ular soha mutaxassislaridan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti

    Matbuot xizmati