Kompaniya mutaxassislari olingan qon namunalarini o'rganmoqda va mavjud dorilar omikron shtammi tahdidini bartaraf eta oladimi yoki yo'qligini tekshirish uchun vaksinalarning kuchaytiruvchi dozalari bo'yicha tadqiqotlarni davom ettirmoqda.

“Yangi omikron shtammi COVID-19 tufayli kasalxonaga yotqizish va o'limning oldini olish uchun doimiy kuzatuv, sinov va emlash muhimligini yana bir bor ko'rsatmoqda. Biz Johnson & Johnson tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasining mustahkam immun javobiga ishonchimiz komil, u klinik tadqiqotlar davomida virusga chidamlilik va himoya xususiyatini namoyon eta oldi”, dedi   Johnson & Johnson kompaniyasining Janssen Research & Development LLC sho''ba korxonasi global bosh direktori Matai Memmen. Bundan tashqari, u Johnson & Johnson kompaniyasi omikron shtammi uchun vaksina ishlab chiqayotganini va agar kerak bo'lsa, bu ishda davom etishini aytdi.

“Janubiy Afrika olimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik va Johnson & Johnson tomonidan ishlab chiqilgan vaksina samaradorligi bo'yicha davom etayotgan real tadqiqotlar orqali biz yangi shtamm ma'lumotlariga ega bo'lamiz. Agar kerak bo'lsa, biz uni tezda klinik sinovlarga kiritamiz, — deya xulosa qildi Memmen.

Eslatib o'tamiz, JSST Janubiy Afrikada kashf etilgan yangi B.1.1.529 shtammini yunon alifbosida “omikron” deb atagan. Jahon Tibbiyot Assosiasiyasi raisi Frank Ul`rix Montgomeri omikronni Ebola virusi bilan taqqoslanadigan va del`ta shtammi kabi yuqumli bo'lib qolishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Bugunga kelib yangi shtamm nafaqat Afrikaning janubida, balki Gonkong, Bel`giya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Kanada, Gollandiya, Avstraliya va Buyuk Britaniyada ham aniqlangan.