Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida ishchi guruh tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʻrganilmoqda.
Olmazor tumanida joylashgan “Jomiy” qurilish mollari bozorida oʻtkazilgan profilaktik tadbir davomida tadbirkorlarga onlayn-NKTlaridan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi tushuntirildi.
Onlayn-NKT oʻrnatmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qurilmalar bilan taʼminlandi. Shuningdek, soliqlardan qochish maqsadida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan ishlab kelayotgan tadbirkorlar faoliyati bozorda tashkil etilgan “Tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish markazi”da qonuniylashtirildi.