Qo‘shma Shtatlarda Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 13 000 arxiv hujjatlari maxfiylikdan chiqarildi.
Biroq bu ish bo‘yicha 515 ta fayl oshkor etilmaydi, chunki ularning nashr etilishi AQSh xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin, dedi prezident Jo Bayden. Yana 2545 tasi jamoatchilikka qisman yopiq qoladi.
Tarixchilar hujjatlar 1963 yil noyabrida Dallasda otib o‘ldirilgan prezident Kennedining o‘limi haqida ko‘proq ma’lumot beradi, deb umid qilmoqda.
Bir yil o‘tib yakunlangan tergov prezidentni ilgari Sovet Ittifoqida yashagan amerikalik Li Xarvi Osvald otib o‘ldirganini ko‘rsatdi. Shunga qaramay, ko‘plab fitna nazariyotchilari bu ishga Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) aralashgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi.