Sessiyada 14-Gʻozovot saylov okrugidan saylangan deputat Radjabov Altibay Begjanovich xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada Raximov Joʻrabek Raximovich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.