4-7-mart kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

8-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Bugun kunduzi havo harorati 4-9 daraja iliq boʻladi, soʻng hafta oxirigacha harorat +13...+18 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi. Harorat kechasi -2...-5 daraja sovuqdan +2...+5 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Shamol asosan sharqiy yoʻnalishda birozdan oʻrtachagacha boʻlgan tezlikda esadi, 8-martda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.

5-6-mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

6-7-mart kunlari ayrim togʻli hududlarda, 8-martda togʻli hududlarning katta qismida yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: 4-7-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-martda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechalari 0...-2 daraja sovuqdan +3...+5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +5...+7 daraja iliqdan +15...+17 daraja iliqqacha koʻtariladi.

6-7-martda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esdi.